G'uzor-4BMSM.uz

G'uzor tuman4 -son bolalar musiqa va san'at maktabi

Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.
Videolavha
2008
16 yillik katta tajriba ega

Musiqa maktab

0 +
Nafar fidoiy o'qituvchilar
0 +
Nafar istedodli o'quvchilar

Biz haqimizda

G'uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san'at maktabi

Keyingi yillar mobaynida respublikamizda musiqiy ta’limni rivojlantirish to‘g‘risidagi respublika Prezidentining farmoni, respublika milliy raqs san’atini kuchaytirish to‘g‘risidagi Prezidentimiz farmoni, tasviriy san’atni rivojlantirish maqsadida maxsus internatlar tashkil etish to‘g‘risidagi farmonlari hamda 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 – 2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ – 910 sonli qarori  bajarilishining ijrosi yuzasidan 2011 – 2012 o‘quv yilining sentabr oyida tumanimizda yangi II – tipdagi musiqa va san’at maktabi qurilib topshirildi.

Biz haqimizda

Maktabimiz faoliyati

Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi. Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.

Yangi qurilib topshirilgan musiqa va san’at maktabiga Koreya davlatidan keltirilgan 304904571 so‘mlik 15 ta fortepiano, 2 ta royal, duxovoy asboblar, akkordeon sintezatorlar, skripkalar, elektro doskalar, zamonaviy asboblar, 21299300 so‘mlik nafis san’at turlaridan bo‘lgan tasviriy san’at, haykaltaroshlik, o‘ymakorlikda qo‘llaniladigan zamonaviy asboblar va jixozlar, 5805000 so‘mlik katta sahna pardalari shuningdek o‘quv jixozlari : stol, stul, parta, doska, 8 ta kompyuter, 1 dona muzlatgich bilan jihozlandi.

Maktabda 32 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga maktabda bo‘limlar bo‘yicha 5 nafar bo‘lim boshlig‘i tayinlangan bo‘lib, ular o‘zlarining yillik ish reja tuzib o‘quvchilar davomati, ularning bilimi, ijrochilik mahorati, dars analizlari, dasturlarini bajarilishi, sinf konsertlari, sinf ota-onalar majlislari kabi ishlarni bajarilishini muntazam kuzatib boradilar. Yosh o‘qituvchilarimizni ko‘p yil ishlagan o‘qituvchilarga berkitib ularga dars o‘tish uslublari, tajribali o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llari, uslublari o‘rgatilib boriladi.

Yo’nalish

San’at yo‘nalishi bo‘yicha

Baxshichilik san’ati

O‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.

Milliy raqs

Milliy raqs bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.

Tasviriy san’at

Tasviriy san’at bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.

Amaliy san’at

Amaliy san’at bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.

Yo’nalish

Musiqa yo‘nalishi

Musiqa yo’nalishida o’quvchilar 13 turdagi mutaxassisliklarga tayyorlanadilar

Fortepiano mutaxassisligi

Fortepiano mutaxassisligi

Fortepiano mutaxassisligi, o‘quv davomiyligi 7 yil

Skripka mutaxassisligi

Skripka mutaxassisligi

Skripka mutaxassisligi, o‘quv davomiyligi 5 yil

An’anaviy xonanadalik

An’anaviy xonanadalik

An’anaviy xonandalik ,o‘quv davomiyligi 5 yil

An’anaviy sozandalik

An’anaviy sozandalik

An’anaviy sozandalik, o‘quv davomiyligi 5 yil

Estrada xonandaligi

Estrada xonandaligi

Estrada xonandalik, o‘quv davomiyligi 5 yil

Saksafon mutaxassisligi

Saksafon mutaxassisligi

Saksafon mutaxassisligi, o‘quv davomiyligi 5 yil

Doira mutaxassisligi

Doira mutaxassisligi

Doira mutaxassisligi, o‘quv davomiyligi 5 yil

Akkordeon mutaxassisligi

Akkordeon mutaxassisligi

Akkordeon mutaxassisligi, o‘quv davomiyligi 5 yil

Qaror ijrosi

G'uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san'at maktabi

Respublika Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3022 sonli, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari  to‘g‘risida ”gi PQ-3391 sonli hamda 2018 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at soxasini innovatsion rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 3920 sonli  qarorlari ijrosin ta’minlash maqsadida maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar tarkibidan maqomchilar ansambli tashkil etilgan bo‘lib, ular tumanda va viloyatda o‘tkazilayotgan turli xil tadbir, ko‘rik – tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

O’qituvchi

Ustozlarimiz

Burxonova Dinora Baxodirovna

Maktab_Direktori

Burxonova Dinora Baxodirovna

Botirov Zuxriddin Abdimumin o’g’li

Direktor_o'rinbosari

Botirov Zuxriddin Abdimumin o’g’li

O’ktamova Anora Ilyos qizi

Bo'lim_boshlig'i

O’ktamova Anora Ilyos qizi

Ikromov Azizxon Maxmudxon o’g’li

Bo'lim_boshlig'i

Ikromov Azizxon Maxmudxon o’g’li

Eng so’nggi

Yangiliklar