“Yangi O‘zbekiston armiyasi —mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri Gʻuzor tumanida bayramona kayfiyatda keng nishonlandi.
Tuman markazidagi «Mustaqillik» ko‘chasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, harbiy qismlar askar va zobitlari va keng aholi vakillari bilan gavjumlashdi.
Shuningdek, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy qurollar tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Shu kunni oʻzida Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi va yigitlarimiz estalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Hamda direktorimiz D. Burxonova bugungi Vatan himoyachilari kuni munosabati barchani muborakbod etadilar.










