Til — millatning ruhi, yuragi va faxridir. Ona tilimiz — O‘zbekiston xalqining bebaho ma’naviy boyligi, ajdodlardan meros qolgan eng ulug‘ ne’matdir.
Bu til orqali biz o‘z tariximizni, madaniyatimizni, milliy g‘ururimizni ifoda etamiz.
Bugun biz o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lgan kunini faxr va iftixor bilan nishonlaymiz.
Keling, bu muqaddas tilni ardoqlaylik, uni yanada boyitish, asrab-avaylash yo‘lida hissa qo‘shaylik!
G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan video lavha taqdim etiladi.Barchangizni tomosha qilishga chorlab qolamiz!










