G'uzor-4BMSM.uz

Fan oyligi

Fan oyligi

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano fan oyligi munosabati bilan fortepiano mutaxassisligi o‘qituvchisi O‘ktamova Anora sinfida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

⏺Mazkur dars davomida o‘quvchilar fortepiano chalish mahoratini yanada oshirish, musiqa asarlarini badiiy talqin etish hamda ijrochilik madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Dars jarayonida amaliy mashg‘ulotlar, tinglovchilar bilan musiqiy tahlil va interfaol usullar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi.

⏺Bunday ochiq darslar o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, fortepiano ijrochiligini yanada yuksak bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

     

Teglar :
Ulashish :