Bosh sahifa /
Biz haqimizda
Biz haqimizda
Keyingi yillar mobaynida respublikamizda musiqiy ta’limni rivojlantirish to‘g‘risidagi respublika Prezidentining farmoni, respublika milliy raqs san’atini kuchaytirish to‘g‘risidagi Prezidentimiz farmoni, tasviriy san’atni rivojlantirish maqsadida maxsus internatlar tashkil etish to‘g‘risidagi farmonlari hamda 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 – 2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ – 910 sonli qarori bajarilishining ijrosi yuzasidan 2011 – 2012 o‘quv yilining sentabr oyida tumanimizda yangi II – tipdagi musiqa va san’at maktabi qurilib topshirildi.
Yangi qurilib topshirilgan musiqa va san’at maktabiga Koreya davlatidan keltirilgan 304904571 so‘mlik 15 ta fortepiano, 2 ta royal, duxovoy asboblar, akkordeon sintezatorlar, skripkalar, elektro doskalar, zamonaviy asboblar, 21299300 so‘mlik nafis san’at turlaridan bo‘lgan tasviriy san’at, haykaltaroshlik, o‘ymakorlikda qo‘llaniladigan zamonaviy asboblar va jixozlar, 5805000 so‘mlik katta sahna pardalari shuningdek o‘quv jixozlari : stol, stul, parta, doska, 8 ta kompyuter, 1 dona muzlatgich bilan jihozlandi.
Biz haqimizda
Respublika Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3022 sonli, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-3391 sonli hamda 2018 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at soxasini innovatsion rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 3920 sonli qarorlari ijrosin ta’minlash maqsadida maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar tarkibidan maqomchilar ansambli tashkil etilgan bo‘lib, ular tumanda va viloyatda o‘tkazilayotgan turli xil tadbir, ko‘rik – tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.
Shu bilan birga maktabda bo‘limlar bo‘yicha 5 nafar bo‘lim boshlig‘i tayinlangan bo‘lib, ular o‘zlarining yillik ish reja tuzib o‘quvchilar davomati, ularning bilimi, ijrochilik mahorati, dars analizlari, dasturlarini bajarilishi, sinf konsertlari, sinf ota-onalar majlislari kabi ishlarni bajarilishini muntazam kuzatib boradilar. Yosh o‘qituvchilarimizni ko‘p yil ishlagan o‘qituvchilarga berkitib ularga dars o‘tish uslublari, tajribali o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llari, uslublari o‘rgatilib boriladi.
Biz haqimizda
13 turdagi mutaxassisliklar o'qitiladi
4 turdagi mutaxassisliklar o'qitiladi
Biz haqimizda
Respublika Prezidentining 2015 yil 20 noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 – 2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida” gi PQ-2435–sonli qarorining joylardagi ijrosi yuzasidan maktabda anchagina amaliy ishlar qilindi.
Maktabda sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida sinf konsertlari va o‘zlashtirish musobaqalari, ochiq darslar belgilangan grafiklar asosida tashkil etilgan.
O‘qituvchilarni siyosiy saviyalari va malakalarini davr talabi asosida birga borishi uchun maktab o‘qituvchilariga o‘z ustilarida ishlash daftarlari tashkil etildi, unda 5 bob bo‘lib har bir bo‘ladigan yangiliklar, o‘zgarishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek xukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarini qayd etib boriladi. Maktab raxbariyati oyida bir marotabadan ular bilan suxbat qilib ularning siyosiy saviyalarini kuzatib boradi.
Maktabda 32 nafar malakali ustoz-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Raxbariyat

Maktab_direktori

Direktor_o'rinbosari

Bosh_hisobchi