2025-yil oktyabr oyida “An’anaviy xonandalik” fani oyligi bo‘lib o‘tadi.
Oylik davomida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va san’atga muhabbatni oshirish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etiladi.
🔔 Oylik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
🔔 Ochiq darslar – ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini namoyish etadilar.
🔔 Ma’ruza mashg‘ulotlari – an’anaviy qo‘shiqchilik tarixiga, uslub va ohanglarga bag‘ishlanadi.
🔔 Sinf konsertlari – o‘quvchilar ijrosida kuy va qo‘shiqlar yangraydi, ularning ijodiy yondashuvi namoyon bo‘ladi.
🔔 Mahorat darslari – tajribali ustoz xonandalar ishtirokida o‘tkazilib, ovoz bilan ishlash va sahna mahorati o‘rgatiladi.
🔔 Yakuniy konsert – oylik yakunida eng faol o‘quvchi va ustozlar ishtirokida o‘tkaziladigan tantanali badiiy chiqishlar dasturi.
Bu oylik orqali o‘quvchilarimiz milliy xonandalik san’atining go‘zalligini his etadilar, o‘z iqtidor va mahoratlarini yanada rivojlantiradilar.
☄ Manzil: G‘uzor tuman 4-son BMSM
🧷 Muddat: 2025-yil, oktyabr oyi










