2026-yil 26-fevral kuni G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida muhim va ochiq muloqot ruhidagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoq To’rayev ishtirok etib, jamoa bilan yuzma-yuz suhbat olib bordi.
Qabul davomida ustoz-o‘qituvchilar, xodimlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Har bir masala e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Samimiy va ochiq muloqot muhitida o‘tgan ushbu uchrashuv madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Maktab jamoasi tomonidan bildirilgan tashabbus va takliflar kelgusida yanada sifatli ta’lim va ijodiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.











