G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2026-yil 3-mart kuni soat 13:30 da fortepiano mutaxassisligi o‘qituvchisi Qurbonova Zaynuraning sinf o‘quvchilari tomonidan “Zamonlar osha ohanlar jilosi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur konsert dasturida turli davr va uslublarga mansub kuy-qo‘shiqlar fortepiano ijrosida yangrab, musiqaning betakror jozibasi va nafis ohanglari qalblarga yetib boradi. Har bir chiqish yosh iste’dod egalari mehnati, izlanishi va ijodiy yondashuvining yorqin namunasi bo‘ladi.
Barchangizni mazkur musiqiy kechaga taklif etamiz!










