G'uzor-4BMSM.uz

San’at yo‘nalishi

Yo’nalishlar/

San’at yo‘nalishi

Yo’nalishlar

San’at yo‘nalishi

G’uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida san’at yo’nalishida o’quvchilar 13 turdagi mutaxassisliklarga tayyorlanadilar

Milliy raqs

Milliy raqs

Raqs san’ati bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Raqs san’ati bo’limida milliy va zamonaviy raqs mutaxassisliklari mavjud

Baxshichilik san’ati

Baxshichilik san’ati

Baxshichilik san’ati bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Baxshichilik bo‘limida baxshichilik mutaxassisligi (xonandalik va sozandalik) mutaxassisligi mavjud

Tasviriy san’at

Tasviriy san’at

Tasviriy san’at bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Tasviriy san’at bo‘limida chizma tasvir va rang tasvir mutaxassisliklari mavjud.

Amaliy san’at

Amaliy san’at

Amaliy san’at bo’limi, o‘quv davomiyligi 5 yil bo‘lib 1-2 sinf o‘quvchilari boshlang‘ich, 3-5 sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.Amaliy san’at bo‘limida kashtachilik va zardo‘zlik mutaxassisliklari mavjud.

Biz haqimizda

 

Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: qashqar rubobi, doira mutaxassisligi, g‘ijjak mutaxassisligi, dutor mutaxassisligi, chang mutaxassisligi, akkordeon mutaxassisligi, nay mutaxassisligi, saksafon mutaxassisligi, fortepiano mutaxassisligi, an’anaviy xonanadalik, an’anaviy sozandalik, estrada xonandaligi, skripka mutaxassisligi. San’at yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: baxshichilik san’ati, milliy raqs, tasviriy san’at, amaliy san’at bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda. Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.

Musiqa yo‘nalishi

13 turdagi mutaxassisliklar o'qitiladi

San’at yo‘nalishi

4 turdagi mutaxassisliklar o'qitiladi

Biz haqimizda

G'uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san'at maktabi

Keyingi yillar mobaynida respublikamizda musiqiy ta’limni rivojlantirish to‘g‘risidagi respublika Prezidentining farmoni, respublika milliy raqs san’atini kuchaytirish to‘g‘risidagi Prezidentimiz farmoni, tasviriy san’atni rivojlantirish maqsadida maxsus internatlar tashkil etish to‘g‘risidagi farmonlari hamda 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 – 2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ – 910 sonli qarori  bajarilishining ijrosi yuzasidan 2011 – 2012 o‘quv yilining sentabr oyida tumanimizda yangi II – tipdagi musiqa va san’at maktabi qurilib topshirildi.

Yangi qurilib topshirilgan musiqa va san’at maktabiga Koreya davlatidan keltirilgan 304904571 so‘mlik 15 ta fortepiano, 2 ta royal, duxovoy asboblar, akkordeon sintezatorlar, skripkalar, elektro doskalar, zamonaviy asboblar, 21299300 so‘mlik nafis san’at turlaridan bo‘lgan tasviriy san’at, haykaltaroshlik, o‘ymakorlikda qo‘llaniladigan zamonaviy asboblar va jixozlar, 5805000 so‘mlik katta sahna pardalari  shuningdek o‘quv jixozlari : stol, stul, parta, doska, 8 ta kompyuter, 1 dona muzlatgich bilan jihozlandi.