G'uzor-4BMSM.uz

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi!

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlab, G‘uzor tumanida «Konstitutsiya — baxtimiz qomusi» nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

👥 Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalliy deputatlar, taʼlim sohasi vakillari, tashkilot, korxona, muassasa rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari va faol yoshlar ishtirok etdi.

🇺🇿 Tumanidagi 4-sonli musiqa va sanʼat maktabida tashkil etilgan bayram tadbiri boshlanishi oldidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyalari yangradi.

💃🕺Tantanali marosimda 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilarning konsert dasturi namoyish etildi.

💠 Tadbirda tuman hokimi Bekzod Suyunov nutq so‘zlab, Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan barchani samimiy qutladi.

Teglar :
Ulashish :