G'uzor-4BMSM.uz

“Zamonlar osha ohanlar jilosi” nomli konsert dasturi

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2026-yil 3-mart kuni soat 13:30 da fortepiano mutaxassisligi o‘qituvchisi Qurbonova Zaynuraning sinf o‘quvchilari tomonidan “Zamonlar osha ohanlar jilosi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Mazkur konsert dasturida turli davr va uslublarga mansub kuy-qo‘shiqlar fortepiano ijrosida yangrab, musiqaning betakror jozibasi va nafis ohanglari qalblarga yetib boradi. Har bir chiqish […]

Kompyuter grafikasi dars jarayoni

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi Tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari – Kompyuter grafikasi dars jarayonidan foto lavhalar Raqamli ijod muhiti, kreativ fikr va cheksiz tasavvur birlashgan jarayon O‘quvchilar kompyuter grafikasi darsida zamonaviy dasturlar orqali o‘z g‘oyalarini vizual ko‘rinishga olib chiqishmoqda. Har bir kadrda – izlanish, har bir loyihada – o‘sish, har bir dizaynda […]

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 26-fevral kuni G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida muhim va ochiq muloqot ruhidagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoq To’rayev ishtirok etib, jamoa bilan yuzma-yuz suhbat olib bordi. Qabul davomida ustoz-o‘qituvchilar, xodimlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Har bir masala e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, amaliy […]

OCHIQ DARS

Ijod maskani fan oyligi munosabati bilan G’uzor tumani 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi Qashqar rubob mutaxassisligi o‘qituvchisi Mallayev Ilyos sinfi bo‘yicha 14- noyabr 2025-yil soat 13:00 da ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

G’uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida

Noyabr oyi Xalq cholg’ulari ijrochiligi va Estrada cholg’ulari ijrochiligi fan oyligi deb e’lon qilindi. 🔴Fan oyligi doirasida 📝 Mahorat darslari – o‘quvchilarning ijrochilik mahoratini oshirish, ustozlar tajribasini amaliy tarzda ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi. ⭐ Konsertlar – o‘quvchilarning sahnadagi chiqishlari orqali ularning ijodiy salohiyati va ijrochilik darajasi namoyon etiladi. 🖥 Ochiq darslar – ilg‘or pedagogik tajribalarni […]

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 22–23-oktyabr kunlari “O‘zbek xalq cholg‘ulari” bo‘limining 3–4-sinf o‘quvchilari texnik imtihon topshirdilar.

Imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining cholg‘u asboblarida ijrochilik malakalarini, musiqiy saviyasi va badiiy didini namoyon etishdi. Ular tomonidan tayyorlangangamma va etyudlar yuqori darajada ijro etilib, o‘qituvchilar tomonidan baholandi. Mazkur imtihon o‘quvchilarning texnik mahoratini oshirish, sahnada erkin ijro qilish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.        

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida Tasviriy san’at bo‘limi o‘qituvchisi Xasanova Yulduz tomonidan 24-oktyabr 2025-yil ochiq dars tashkil etildi.

⏺️ Dars jarayonida o‘quvchilarga tasviriy san’atning nazariy va amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi. O‘qituvchi darsni zamonaviy pedagogik metodlar asosida,olib bordi. ⏺️ O‘quvchilar dars davomida o‘z ijodiy ishlari orqali ranglar uyg‘unligi, kompozitsiya va tasviriy ifoda vositalaridan foydalanish malakalarini namoyish etdilar. ⏺️ Ochiq dars o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tozalik oyligi. Ijodkor yoshlar

🌿 Tabiatni asrash, toza va ozoda saqlash — har birimizning muqaddas burchimizdir! 🌿 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 30-maydagi 266-sonli “Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda viloyat madaniyat boshqarmasining 105-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida 🎨 “Tabiatni asraymiz” shiori ostida […]

E’lon!

Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida oktyabr oyi “Fortepiano va torli cholg‘ular oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil olayotgan 1-sinfdan 6-sinfgacha bo‘lgan fortepiano yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “Klavishlar raqsi” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi. 🔴 Tanlov shartlari: ✅1–2–3-sinflar o‘rtasida – “Etyud” ✅4–5–6-sinflar o‘rtasida – “Polifonik asar” 🗓 Tanlov sanasi: 2025-yil […]

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak! (videorolik)

Til — millatning ruhi, yuragi va faxridir. Ona tilimiz — O‘zbekiston xalqining bebaho ma’naviy boyligi, ajdodlardan meros qolgan eng ulug‘ ne’matdir. Bu til orqali biz o‘z tariximizni, madaniyatimizni, milliy g‘ururimizni ifoda etamiz. Bugun biz o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lgan kunini faxr va iftixor bilan nishonlaymiz. Keling, bu muqaddas tilni ardoqlaylik, uni yanada boyitish, […]