G'uzor-4BMSM.uz

4-, 5- va 6-sinflar o‘quvchilari uchun texnik imtihon bo‘lib o‘tdi.

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida bugun, 2025-yil 21-oktyabr kuni, Fortepiano mutaxassisligi 4-, 5- va 6-sinflar o‘quvchilari uchun texnik imtihon bo‘lib o‘tdi. ☄Imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘z bilim va texnik mahoratlarini namoyish etishdi. Ularning texnik tayyorgarligi, ijro madaniyati yuqori darajada baholandi. Bu kabi imtihonlar ijrochilik ko‘nikmalarini mustahkamlash va sahnaga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. […]

Madaniyat ta’limi sohasida tashabbuskor, innovatsion va kreativ fikrlaydigan yosh mutaxassis kadrlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat ta’limi markazi tomonidan “Madaniyat ta’limi liderlari” klubi tashkil etilmoqda. 🔺Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarida rahbarlik lavozimlari uchun zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida klub a’zolari uchun o‘quv kurslari, seminar treninglar, mahorat darslari va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari […]

E’lon!

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano mutaxassisligi o‘qituvchisi Meyliyeva Zuxra sinfi bo‘yicha ochiq dars bo‘lib o‘tadi. 🗓 Sana: 2025-yil 16-oktyabr ➖ Soat: 13:00 👤Barchani ochiq darsda ishtirok etishga taklif etamiz!

Fan oyligi

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano fan oyligi munosabati bilan fortepiano mutaxassisligi o‘qituvchisi O‘ktamova Anora sinfida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. ⏺Mazkur dars davomida o‘quvchilar fortepiano chalish mahoratini yanada oshirish, musiqa asarlarini badiiy talqin etish hamda ijrochilik madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Dars jarayonida amaliy mashg‘ulotlar, tinglovchilar bilan musiqiy […]

“An’anaviy xonandalik” fan oyligi (viderolik)

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida ☄“An’anaviy xonandalik” fan oyligi bo‘lib o‘tmoqda! 🔴Mazkur oylik doirasida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga asoslangan xonandalik san’atini keng targ‘ib etish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni sahna madaniyatiga o‘rgatish maqsad qilingan. ⚡️O‘quvchilar tomonidan mahorat darslari, ochiq saboqlar, sinf konsertlari hamda ustoz-shogird anjumanlari tashkil etilib, “An’anaviy xonandalik” san’atining […]

G‘UZOR TUMAN 4-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDA

2025-yil oktyabr oyida “An’anaviy xonandalik” fani oyligi bo‘lib o‘tadi. Oylik davomida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va san’atga muhabbatni oshirish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etiladi. 🔔 Oylik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan: 🔔 Ochiq darslar – ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini namoyish etadilar. 🔔 Ma’ruza mashg‘ulotlari – an’anaviy qo‘shiqchilik […]

Ustozga ehtirom (videorolik)

G’uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi Oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan vedio rolik 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni tabriklaymiz. Hurmat bilan G’uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi

Hurmatli jamoamiz a’zolari!

1-oktyabr – Ustoz va Murabbiylar kuni munosabati bilan Sizlarni samimiy tabriklayman. Bu qutlug’ bayram barchamizning qalbimizda o’chmas iz qoldiradigan, ustozlik kasbining ulug’ligini, sabr-toqat va mehr-muhabbat ila yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli vazifamizni yodga soladigan kun hisoblanadi. Sizlarning fidoyiligingiz, mehringiz va mashaqqatli mehnatingiz tufayli kelajak avlod ma’naviy barkamol, bilimli va iste’dodli bo’lib voyaga yetmoqda. Sizlarga mustahkam sog’liq, […]

G‘uzor tuman 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabi Dutor mutaxassisligi o‘qituvchisi Shoberdiyeva Dilobar dars jarayonidan.

Musiqa inson qalbiga nur va zavq bag‘ishlaydi. Ayniqsa, milliy cholg‘ularimizni o‘rgatish jarayoni yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash ruhida tarbiyalaydi. Shoberdiyeva Dilobar o‘z darslarida dutor cholg‘usining sir-asrorlarini o‘quvchilarga puxta o‘rgatib, ularning nafaqat kasbiy mahoratini, balki musiqiy did va estetik tafakkurini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Dars jarayonida o‘quvchilar dutor chalish texnikasini mukammal o‘zlashtirib, milliy […]

E’LON!

Barcha bitiruvchi sinf o’quvchilari diqqatiga! 2025 yilning 3- Aprel kuni soat 15:00 da maktab bitiruvchi sinf o’quvchilarining II- tur Sinov imtixoni» o’tkaziladi. Imtixon talablari: 1ta — Etyud 1ta — Yirik shakldagi asar 2ta — Ma’lum bir asar Barcha asarlar yoddan ijro etilishi shart. 0’MMIB direktor o’rinbosari.