Yutuqlarimiz

G’uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi «Dilxush» ansambli jamoasi «Navro’z taronalari V-xalqaro milliy cholg’u ijrochiligi ko’rik tanlovida qatnashib faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
NaZoRaT DaRsLaRi (fotolar)

2025 yil 18-mart kuni Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabidagi Tasviriy san’at,fanidan nazorat darslari yakunlandi.Nazorat darsida o’quvchilarni III -chorakdagi o’zlashtirgan bilim va salohiyat darajasi o’rganildi.
Navro’z… (fotolar)

G’uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchi va o’qituvchilari tumanimizning Navro’z bayrami tadbirida faol ishtirok etishdi.
Rasmlar koʻrgazmasi

Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining «Tasviriy sanʼat va Haykaltaroshlik» sinfi o’quvchilari tomonidan qilingan ishlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Muqaddassan ayol

Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida 7- mart kuni «Muqaddassan ayol» deb nomlangan bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi Konsert dasturi avvalida Maktabimiz direktori D.Burxonova ayollarimizni bugungi bayram bilan tabrikladilar. Bayram dasturidan soʻng estalik sovgʻalari topshirildi
Mahorat darsi. HAMKORLIK

Joriy yilning 20-fevral kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining «Xalq cholg’u ansambli (orkestri) ijrochiligi » bo’limi o’qituvchilari G‘uzor tuman 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘zlarining konsert dasturlarini namoyish etdilar. Konsert so‘ngida o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kаmol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida o’zlarining «USTOZ SABOQLARI» mahorat darsini o’tishdi. Shuningdek, kelgusida ta’lim muassasalari […]
Gʻuzorda…

Gʻuzorda tadbirkorlar homiyligida 107 nafar bolalarning xatna to‘yi o‘tkazildi Saxovat va ko‘mak, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan fazilatlardan biridir. «Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli Gʻuzor tumanida tadbirkorlar xayrli tashabbusga qo‘l o‘rishdi.» Shunday xayrli ishda Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining oʻqituvchi va oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. […]
Ustoz saboqlari

2025 yil 30 yanvar kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining «Xalq cholgʻulari» boʻlimi oʻqituvchilari M.ABRUYEVA, F.RAHMONOV hamda Z.BOYMIRZAYEVAlar Gʻuzor tumanidagi 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida o’zlarining «USTOZ SABOQLARI» mahorat darslarini oʻtkazishdi. Shuningdek, kelgusida ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari […]
Ochiq dars

2025 yil 04-fevral kuni Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2024/2025-o’quv yili «Namunaviy ochiq darslar» rejasiga muvofiq «Xoreografiya » sinfi o’qituvchisi BERDIYEVA SHOXISTAning «Mumtoz raqs» fanidan ochiq darsi bo’lib o’tdi. 📸Ochiq dars jarayonidan foto lavhalar.
Vatan himoyachilari kuni

“Yangi O‘zbekiston armiyasi —mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri Gʻuzor tumanida bayramona kayfiyatda keng nishonlandi. Tuman markazidagi «Mustaqillik» ko‘chasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, harbiy qismlar askar va zobitlari va keng aholi vakillari bilan gavjumlashdi. Shuningdek, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy qurollar tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat […]
