G'uzor-4BMSM.uz

Yangi yil sovgʻalari. !!!!!!!

Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining kasaba uyushmasi raisi Mustonova Guzal tomonidan oʻqituvchi va hodimlar uchun «Yangi yil»sovgʻalari tashkil etildi. Maktabimiz deriktori D. Burxonova va Oʻ.M.M.I.B.D.oʻrinbosari Z.Botirov barchani kirib kelayotgan «Yangi yil» bilan tabriklab eng ezgu tilaklarini bildirdilar va sovgʻalar topshirildi… Yangi yilingiz muborak boʻlsin🎁

Yangi yil shukuhi

Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2024-yil 27 dekabr kuni «Sirli yangi yil» nomli ertaknamo konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Konsert dasturi davomida ota-onalar va bolalar uchun kutilmagan chiqishlar, ertak qahramonlari, yangragan kuy qoʻshiqlar uzgacha bir shukuh bagʻishladi. «Maskarad» shousi esa oʻz nomiga monand kutilmaganlik va gʻaroyibotlarga boy boʻldi. Konsert dasturi yakunida Qorbobo va […]

Yangi yil shukuhi🎄

Yangi yil – mo’jizalarga boy, orzu-umidlar amalga oshadigan bayram, bu kunni yosh-u qari birdek intiqlik bilan kutadi. Ayni kunlarda yurtimizning barcha  joylarida yangi yil bayrami munosabati tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan Gʼuzor tumanida qad koʻtargan archa yonida 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari ham oʻz konsert dasturlarini namoyish etishdi. Jumladan, 24-25-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirlarda […]

Mehr-muruvvat

Hech kim hech qachon eʼtibordan chetda qolmaydi. Gʻuzor tumani 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining deriktori D. Burxonova tashabbusi bilan bayram oldi necha yillar ishlab hozirda nafaqada boʻlgan keksa ustozlarimiz va bazi sabablar bilan bemor boʻlgan oʻqituvchi va xodimlar xolidan xabar olindi. Ularni yangi yil bayrami bilan tabriklab tezroq sogʻayib safimizga qaytishlari va ezgu tilaklar […]

Yangi yil archasi

Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Yangi yil archasi bezatildi. Tasviriy sanʼat boʻlimi Oʻqituvchi-oʻquvchilari bayramona shukuh bagʻishlovchi suratlarni tasvirlashdi. #Kirib kelayotgan Yangi yilda barchangizning xonadoningizga fayzu baraka, tinchlik xotirjamlik, orzu qilgan barcha niyatlaringizni amalga oshishini tilaymiz!!!! 4-son BMSM RAHBARYATI    

Konsert dasturiga tayyorgarlik

Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida «Xalq cholgʻulari»boʻlim boshligʻi ILYOS MALLAYEV boshchiligida oʻqituvchi -oʻquvchilar tomonidan «XALQ CHOLGʻULARI ORKESTRI» ning Konsert dasturiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. tayyorgarlik jarayonidan foto lavhalar

«Mahorat darsi»

2024 yilning 19-dekabr kuni Gʻuzor tuman 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining «Fortepiano» bo’limi o’qituvchisi Qurbonova Zaynuraning o‘z mutaxassislik fanidan ustoz va shogird an’analarini davom ettirish maqsadida  “San’atim Saodatim” deb nomlangan sinf konserti hamda «Mahorat darsi» bo‘lib o‘tdi. Konsertda o‘zbek va chet kompozitorlarining sara durdona asarlari o‘quvchilar tomonidan mohirona ijro etildi. #Konsert yig‘ilganlarga birdek manzur […]

Bayram tadbiridan fotolavhalar

2024 yil 7-dekabr kuni G‘uzor tuman 4-son bololar musiqa va sana’t maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlab, o‘tkazilgan bayram tadbiridan fotolavha  

Konstitutsiya — baxtimiz qomusi!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlab, G‘uzor tumanida «Konstitutsiya — baxtimiz qomusi» nomli bayram tadbiri tashkil etildi. 👥 Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalliy deputatlar, taʼlim sohasi vakillari, tashkilot, korxona, muassasa rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari va faol yoshlar ishtirok etdi. 🇺🇿 Tumanidagi 4-sonli musiqa va sanʼat maktabida tashkil etilgan bayram tadbiri boshlanishi oldidan […]