Noyabr oyi Xalq cholg’ulari ijrochiligi va Estrada cholg’ulari ijrochiligi fan oyligi deb e’lon qilindi.
🔴Fan oyligi doirasida
📝 Mahorat darslari – o‘quvchilarning ijrochilik mahoratini oshirish, ustozlar tajribasini amaliy tarzda ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
⭐ Konsertlar – o‘quvchilarning sahnadagi chiqishlari orqali ularning ijodiy salohiyati va ijrochilik darajasi namoyon etiladi.
🖥 Ochiq darslar – ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, yangi o‘qitish uslublarini amalda qo‘llash va tajriba almashish maqsadida o‘tkaziladi.
🖼 Ko‘rgazmalar – o‘quvchilarning ijodiy ishlari, cholg‘ular tarixi va milliy musiqa san’atiga oid eksponatlar asosida tashkil etiladi.
🎙️ Ichki tanlovlar – iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda yuqori bosqich tanlovlariga tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi.
📢 Ma’ruzalar – fan oyligi doirasida o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan milliy musiqa merosi, cholg‘ular tarixiy ahamiyati, estrada ijrochiligining zamonaviy yo‘nalishlari haqida ma’rifiy ma’ruzalar tashkil etiladi.










