G'uzor-4BMSM.uz

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 22–23-oktyabr kunlari “O‘zbek xalq cholg‘ulari” bo‘limining 3–4-sinf o‘quvchilari texnik imtihon topshirdilar.

G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 22–23-oktyabr kunlari “O‘zbek xalq cholg‘ulari” bo‘limining 3–4-sinf o‘quvchilari texnik imtihon topshirdilar.

Imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining cholg‘u asboblarida ijrochilik malakalarini, musiqiy saviyasi va badiiy didini namoyon etishdi. Ular tomonidan tayyorlangangamma va etyudlar yuqori darajada ijro etilib, o‘qituvchilar tomonidan baholandi.

Mazkur imtihon o‘quvchilarning texnik mahoratini oshirish, sahnada erkin ijro qilish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

       

Teglar :
Ulashish :