Kuni kecha, Toshkent shahrida «Spring sounds» nomli xalqaro musiqa tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Gʻuzor tumani 4-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tarbiyalanayotgan Dilmurodova Dilsoʻz ishtirok etdi.
Dilsoʻz xalqaro tanlovning eng yosh toifasida fortepiano yoʻnalishida 33 nafar ishtirokchilar orasida faxrli 3-oʻrin sohibasi boʻldi.
G‘uzor tumani hokimligi yosh ijodkorni yaqinlari va murabbiylarini samimiy tabriklaydi.













