O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat ta’limi markazi tomonidan “Madaniyat ta’limi liderlari” klubi tashkil etilmoqda.
🔺Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarida rahbarlik lavozimlari uchun zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida klub a’zolari uchun o‘quv kurslari, seminar treninglar, mahorat darslari va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🎓O‘quv kurslari mutlaqo bepul bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari onlayn va oflayn shakllarda sohada amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
🔺Klubga a’zo bo‘lish istagini bildirgan nomzodlar ma’lumotnoma-ob’ektivka hujjatini ilova qilgan holda Madaniyat ta’limi markazining elektron pochta manzili (info@madaniyattalimimarkazi.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.
⏺Murojaatlar 2025-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.
📞Bog‘lanish uchun:
+998935480930










