Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: qashqar rubobi, doira mutaxassisligi, g‘ijjak mutaxassisligi, dutor mutaxassisligi, chang mutaxassisligi, akkordeon mutaxassisligi, nay mutaxassisligi, saksafon mutaxassisligi, fortepiano mutaxassisligi, an’anaviy xonanadalik, an’anaviy sozandalik, estrada xonandaligi, skripka mutaxassisligi. San’at yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: baxshichilik san’ati, milliy raqs, tasviriy san’at, amaliy san’at bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda. Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.