🌿 Tabiatni asrash, toza va ozoda saqlash — har birimizning muqaddas burchimizdir! 🌿
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 30-maydagi 266-sonli “Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda viloyat madaniyat boshqarmasining 105-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan G‘uzor tuman 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari o‘rtasida
🎨 “Tabiatni asraymiz” shiori ostida tanlov tashkil etiladi.
🗓Tanlov sanasi: 2025-yil 28-oktyabr
⏰ Boshlanish vaqti: 14:00 da
📌 Joy: G‘uzor tuman 4-son BMSM
🏆 Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
⭐️ Keling, birgalikda tabiatni asraylik va ijod orqali ezgulikni tarataylik! 🌸










