Yangi yil – mo’jizalarga boy, orzu-umidlar amalga oshadigan bayram, bu kunni yosh-u qari birdek intiqlik bilan kutadi. Ayni kunlarda yurtimizning barcha joylarida yangi yil bayrami munosabati tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan Gʼuzor tumanida qad koʻtargan archa yonida 4-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari ham oʻz konsert dasturlarini namoyish etishdi.
Jumladan, 24-25-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ko’ngil ochar sahna ko’rinishlari, musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etilib, Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari qiyofasidagi sahnalashtirilgan chiqishlar yig‘ilganlarga xushkayfiyat va tabassum bag‘ishladi.
🎄Kirib kelayotgan 🤭Yangi yilingiz muborak boʻlsin












