G'uzor-4BMSM.uz

Yutuqlarimiz

Bosh sahifa /

Yutuqlarimiz

BIZNING

Yutuqlarimiz

Respublika Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3022 sonli, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari  to‘g‘risida ”gi PQ-3391 sonli hamda 2018 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at soxasini innovatsion rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 3920 sonli  qarorlari ijrosin ta’minlash maqsadida maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar tarkibidan maqomchilar ansambli tashkil etilgan bo‘lib, ular tumanda va viloyatda o‘tkazilayotgan turli xil tadbir, ko‘rik – tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Maktabimiz

Shuningdek, maktabimiz o‘quvchi o’qituvchlari bir qancha respublika ko‘rik tanlovlarning viloyat va respublika bosqichlarida ham ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

Yutuqlarimiz

Faxrli o‘rinlar.

  • 2014 yilda Rossiyaning Sankt – Peterburg shaxrida bo‘lib o‘tgan “Akademiya” nomli V – Xalqaro ko‘rik festivalida maktab o‘quvchisi Samadov Zubaydullo “Qashqar rubob” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib faxrli “II – Darajali Diplom” bilan taqdirlandi.
  • 2015 yilda Rossiyaning Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan “Serebnaya zvezda” nomli Xalqaro festivalda maktab o‘quvchisi Fayzieva Moxichexra “Dutor” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib faxrli I – Darajali Diplom” bilan taqdirlandi.
  • 2016 yilda Belorussiya mamlakati Minsk shaxrida bo‘lib o‘tgan “Kubok Yevropы” nomli xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Xolmatov Asadbek “Doira” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib faxrli “I – Darajali Diplom” bilan taqdirlandi.
  • 2016 yilda Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan “Yurt ohanglari” II–xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Nazarov Sultonmurod “Doira” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib ishtirokchi “Sertifikat”i bilan taqdirlandi.
  • 2018 yilda Belorussiya mamlakati Minsk shaxrida bo‘lib o‘tgan “Kubok Yevropы” nomli xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Xayrullaev Elbek “Qashqar rubob” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib faxrli “I – Darajali Diplom” bilan taqdirlandi.
  • 2019 yil 01 – 04 may kunlari Rossiya mamlakati Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan “Zvezdы stolisы” nomli XVII-xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Nafasova Marjona “Chang” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib faxrli “I – Darajali Diplom” bilan taqdirlandi.
  • 2019 yil 03 – 06 may kunlari Rossiya mamlakati Sankt — Peterberg shaxrida onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan “Vivat Peterburg” nomli xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Aliqulova Marjona “Tasviriy san’at” mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etib faxrli “I – Darajali Diplom” bilan taqdirlandi.
  • Maktabimiz o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi pandemiya davrida ham onlayn rejim asosida qator mamlakatlarga xalqaro tanlovlarga faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar “Nay” mutaxassisligi  o‘qituvchisi Ashurov Suxrobning II-sinf o‘quvchisi Raxmatillaeva Navro‘za Alijon qizi 2021 yil 8-fevral kuni Rossiya Fediratsiyasida  o‘tkazilgan “Novыe Idei” nomli xalqaro onlayn masofaviy ko‘rik-tanlovda ishtirok etib Gran-Pri soxabasi bo‘ldi. Tasviriy san’at bo‘limi o‘qituvchisi Uzoqova Mashxuraning V-sinf o‘quvchisi Suyunova Laziza Sanjar qizi II-darajali diplom va  II-sinf o‘quvchisi Nazarova Sabrina Italiya mamlakatining Milan shahrida o‘tkazilgan “CLAC” nomli xalqaro onlayn masofaviy ko‘rik-tanlovda ishtirok etib III-darajali diplom soxibasi bo‘ldilar, Moskva shahrida o‘tkazilgan “V Ritme tanse 2021” nomli halqaro ko‘rik-tanlovda onlayn tarzda o‘tkazilgan tanlovda Raqs mutaxassiligi o‘qituvchisi Toshmamatova Sarvinozning V-sinf o‘quvchisi To‘raeva Yulduz hamda II-sinf o‘quvchisi Toshmamatova Marjonalar I-II-o‘rinlarga ega bo‘ldilar, Fransiya mamlakatining Parij shaxrida bo‘lib o‘tgan “LES ENFANTS NE VEULENT PAS DE GUERRE” nomli tanlovda Tasviriy san’at o‘qituvchisi Mamarasulova Sabinaning  II-sinf o‘quvchisi G‘anieva Moxlaroyim qatnashib, laureat II-o‘rin sohibasi bo‘ldi. Fortepiano sinfi o‘qituvchisi Meylieva Zuxraning III-sinf o‘quvchisi Norqobilova Madinabonu 2021 yil 4-6-mart kunlari Fransiya mamlakatining Parij shahrida bo‘lib o‘tgan halqaro onlayn ko‘rik tanlovga ishtirok etib laureat III-darajali diplom bilan taqdirlandi. “Nay” mutaxassisligi o‘qituvchisi Ashurov Suxrobning III-sinf o‘quvchisi Inatova Shaxnoza Moskva shahrida o‘tkazilgan onlayn tanlov “Jivoya muzika”, “Talant shou” tanlovida laureat IvaII-o‘rin soxibasi bo‘ldi. Doira sinfi o‘qituvchisi Shoymardonov Abdujabborning IV-sinf o‘quvchisi Aralov To‘ramurod Germaniya mamalakatining Berlin shaxrida 2021 yil 14-mart kuni “CITY CTAR” xalqaro onlayn ko‘rik tanlovda ishtirok etib  I-darajali diplom bilan taqdirlandi.